APEX BANK o‘z tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda va 2025-yil 3-fevraldan boshlab Nurafshon shahrida yangi filialini ishga tushirmoqda. Bu bank rivojlanishining muhim qadami bo‘lib, shahar aholisi uchun bank xizmatlarining qulayligi va mavjudligini oshirishga qaratilgan.
Yangi bo`linma Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent Yo‘li ko‘chasi, 58 – Davlat xizmatlari markazi hududida joylashgan.
Yangi ofis quyidagi bank xizmatlarini taklif etadi:
• Uzcard va Humo kartalarini rasmiylashtirish va xizmat ko‘rsatish.
• To‘lovlarni qabul qilish – kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish.
• Mikrozaym rasmiylashtirish – jismoniy shaxslar uchun qulay moliyaviy yechimlar.
Filial ish tartibi:
Dushanba – juma: 09:00 – 18:00 (tushlik: 13:00 – 14:00).
Shanba va yakshanba: dam olish kunlari.
Nurafshondagi yangi ofisning ochilishi – bu APEX BANK tomonidan zamonaviy va qulay bank infratuzilmasini yaratish yo‘lida tashlangan navbatdagi muhim qadamdir. Biz mijozlarimizga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va qulaylikni ta’minlashga intilamiz.
Sizni APEX BANKning yangi ofisida kutamiz!