Tashkent International Universityda O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda APEX BANK Kuzatuv kengashi a’zosi Nu’monov Baxrom Hamidullayevich va Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Ikramov Sharof Renatovich ishtirok etdi.
APEX BANK tadbirning hamkori va homiysi sifatida ishtirok etdi. Tashkent International Universityga xizmat ko‘rsatuvchi bank sifatida universitetni qo‘llab-quvvatlash va uning muhim tadbirlarida ishtirok etishdan mamnunmiz.
O‘qituvchilarning professionalligi, bilimlari hamda yosh avlodni tarbiyalash va rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida APEX BANK professor-o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Biz ta’lim sohasini hamda insonlarni birlashtiradigan, professional hamjamiyatni rivojlantiradigan va o‘qituvchilar hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni muhim deb bilamiz.
Hamkorlik va ishonch uchun Tashkent International Universityga minnatdorchilik bildiramiz.