Ma’lum qilamizki, 2026-yil 10-apreldan soat 17:00 dan boshlab "Elbrus – 3" omonati bo‘yicha yangi omonatlarni qabul qilish to‘xtatiladi.
Diqqat qiling, avval ochilgan barcha omonatlar to‘liq hajmda o‘z kuchida qoladi. Bank ular bo‘yicha majburiyatlarni tuzilgan shartnomalar shartlariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.
Foizlar hisoblanishi, daromadlarni to‘lash tartibi hamda mablag‘larni qaytarish amaldagi omonat shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Barcha savollar bo‘yicha Bank bo‘limlariga yoki 1881 raqamli Kontakt-markazga murojaat qilishingiz mumkin.
Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdormiz!