Sizga shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 22-apreldan boshlab, to‘lovlarni qayta ishlash tezkorligini oshirish maqsadida, Internet-bank tizimi orqali shakllantirilgan barcha to‘lov topshiriqnomalari avtomatik ravishda “Tasdiqlangan” holatiga o‘tadi va mijoz tomonidan bankka yuborilgandan so‘ng darhol oluvchining hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
E’tiboringizni shunga qaratamizki, to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilgan rekvizitlarning to‘g‘riligi, to‘liqligi va ishonchliligi uchun javobgarlik to‘liq mijoz zimmasiga yuklatiladi.
Mazkur o‘zgarishni to‘lovlar bilan ishlashda inobatga olishingizni va to‘lovni tasdiqlashdan oldin barcha ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirishingizni tavsiya qilamiz.
Hamkorlik uchun rahmat.