APEX BANK jamoasi mamlakatdagi raqamli yechimlarning yagona integratori — UZINFOCOMga tashrif buyurdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor axborot xavfsizligi hamda zamonaviy qonunchilik talablariga muvofiqlik masalalariga qaratildi.Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va MyID Palm tizimi bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari Sherzod Majidov va Timur Emirsaliyev boshchiligida o‘tdi.
Tashrif doirasida jamoa elektron hukumat ekotizimida amalga oshirilayotgan raqamli yechimlar, shuningdek, mamlakat AKT infratuzilmasining hozirgi rivojlanish darajasi bilan yaqindan tanishdi.
Bunday yechimlar to‘lovlar xavfsizligini oshirish, foydalanuvchi yo‘lini soddalashtirish va qulay raqamli muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Zero, raqamli xizmatlarni kuchli infratuzilmasiz rivojlantirish mumkin emas.
Maqsad yagona — jarayonlarni soddalashtirish, xavfsizlikni kuchaytirish va raqamli xizmatlar rivojini jadallashtirish.