2026-yil 1-apreldan boshlab avtomobil va ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlar yangi tizim orqali — bank va maxsus eskrou hisob orqali amalga oshiriladi.Oddiy qilib aytganda:
Pul endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmaydi — bitim yakunlangunga qadar bankda vaqtincha saqlanadi.
Bu qanday ishlaydi
1️⃣ Bankka ariza topshirasiz
2️⃣ Maxsus hisob (eskrou) ochiladi
3️⃣ Pulni shu hisobga kiritasiz
4️⃣ Bitim notarius tomonidan tasdiqlanadi
5️⃣ Bank pulni avtomatik tarzda sotuvchiga o‘tkazadi
Nima uchun bu xavfsiz
✔️ Pul himoyalangan — bitim tasdiqlanmaguncha sotuvchiga o‘tmaydi
✔️ Firibgarlik xavfi kamayadi
✔️ Barcha bosqichlar yagona tizim orqali o‘tadi va tekshiriladi
✔️ Agar bitim amalga oshmasa — pul qaytariladi
Xavfsizroq, shaffofroq va qulayroq. Pul himoyada, bitim esa nazorat ostida.