Bank ma’lumotlaringiz — bu sizning mablag‘laringiz kalitidir. Ularni doimo himoya qiling.Hech qachon boshqalarga bermang:
✔ SMS tasdiqlash kodlari
✔ kartangizning CVV kodi
✔ bank ilovasiga kirish login va paroli
Hatto kimdir o‘zini bank xodimi deb tanishtirsa ham — bank xodimlari bunday ma’lumotlarni hech qachon so‘ramaydi.
Agar sizdan bunday ma’lumotlar so‘ralsa:
• suhbatni darhol to‘xtating
• hech qanday kod yoki parol bermang
• bankning rasmiy qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling
Sizning hushyorligingiz — mablag‘laringizning eng yaxshi himoyasi.