28-aprel kuni Apex Bank axborot xavfsizligi va antifrod boshqaruvi jamoasi TIFT universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan kiberxavfsizlik, zamonaviy tahdidlar va axborotni himoya qilish usullari muhokama qilindi.Tadbir davomida Kambarov Tohir Rustamovich axborot xavfsizligi yo‘nalishida chiqish qilib, ma’lumotlarni himoya qilishning amaliy jihatlari bo‘yicha tushuntirish berdi, real misollar keltirdi va ishtirokchilarning savollariga javob berdi.
Talabalar faol ishtirok etib, foydali tavsiyalar oldilar. Uchrashuv qiziqarli va mazmunli o‘tdi.