O‘zingizni tekshirib ko‘ring: firibgarlar har kuni yangi sxemalarni o‘ylab topmoqda!Quyida bir nechta vaziyat — qaysilari xavfli?
1-vaziyat
SMS: «Kartangiz bloklandi! Quyidagi havola orqali verifikatsiyadan o‘ting: [soxta-bank.uz]»
Xavfli! Bank hech qachon SMS orqali bunday havolalarni yubormaydi.
2-vaziyat
«Bank xavfsizlik xizmati»dan qo‘ng‘iroq: «Hisobingizda shubhali operatsiya aniqlandi. Kodni ayting!»
Xavfli! Bank xodimlari tasdiqlash kodlarini hech qachon so‘ramaydi.
3-vaziyat
Telegram’da do‘stdan xabar: «Zudlik bilan yordam ber, 100 000 so‘m o‘tkazib yubor!»
Xavfli! Akkaunt buzilgan bo‘lishi mumkin. Avval do‘stingiz bilan bog‘lanib aniqlik kiriting.
4-vaziyat
Bank ilovasida «yangi cashback dasturi» haqida bildirishnoma
Xavfsiz! Faqat rasmiy ilova yoki sayt orqali kelgan xabarlarga ishoning.
O‘zingizni qanday himoya qilish mumkin?
• Manbani tekshiring — faqat bankning rasmiy saytida foydalaning
• Hech qachon shaxsiy ma’lumotlar va kodlarni bermang
• Shubhali xabar oldingizmi? Bankingiz qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling