Beta
Aloqa markazi

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Apexbank mijoziga aylaning

FISH

Majburiy

Mobil telefon

Majburiy

Elektron pochta

Majburiy

Qaysi mahsulot sizni qiziqtiradi?

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. rahmat

Komplayens

“APEX BANK” ichki nazorat va komplayens departamenti

APEX BANK da ichki nazorat va komplayens departamenti korporativ madaniyatning ajralmas qismi sifatida Bank va uning mijozlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ichki siyosat va tartib-qoidalarga rioya etilishini, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ularning yuqori professional va axloqiy standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi, milliy va xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratish.

Ichki nazorat va komplayens uzluksiz jarayon bo‘lib, u xavflarni minimallashtirish, mijozlar va hamkorlar tomonidan ishonchni mustahkamlash uchun maqsadli yondashuv va samarali boshqaruvni talab qiladi. Ularning faoliyati nafaqat bankni huquqiy oqibatlardan himoya qiladi, balki tez o‘zgaruvchan moliyaviy landshaft sharoitida uning barqaror va mustahkam rivojlanishiga yordam beradi.

Kontaktlar

Bank xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy oqibatlar haqida xabar berish uchun quyidagi aloqa kanallari orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin:

Ishonch telefoni

+998 55 515 77 77

Elektron pochta

compliance@apexbank.uz

Telegram bot

@apex_anticor_bot

Oʻzbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga koʻra, yolgʻon maʼlumotlarni yetkazish, yaʼni qasddan yolgʻon xabar berish jinoiy javobgarlikka olib keladi. Eʼtibor bering, xabar yuborish bilan siz, 02.07.2019 yildagi O’RQ-547-son bilan qabul qilingan «Shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonun talablariga muvofiq shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berishga roziligingizni tasdiqlaysiz.

Ko‘p beriladigan savollar

Komplayens atamasi nimani anglatadi?

Komplayens yoki komplayens nazorat (inglizcha "compliance" "muvofiqlik, rioya qilish, talablarni bajarish" degan ma’noni anglatadi) - bu tashkilot xodimlarining qonunga zid xatti-harakatlarining oldini olishga va qonunchilikka, tarmoq standartlariga va ichki tartib-qoidalarga (nizomlar, siyosat, yo‘riqnomalar va boshqalarga) rioya qilishga asoslangan korporativ biznes-etikani joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir.

Ichki nazorat va komplayens nima bilan shug‘ullanadi?

Ichki nazorat va komplayens Bankning noqonuniy faoliyatga jalb etilishining oldini olish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash, xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tizimini yaratish va korrupsiya xavfini minimallashtirish bilan shug‘ullanadi. Samarali nazorat mexanizmlari risklarni minimallashtirishga yordam beradi va mijozlarning ishonchini mustahkamlaydi, bu esa bankning murakkab moliyaviy muhitda barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Barcha manfaatdor tomonlarning manfaatlarini himoya qilishni kafolatlash uchun me’yorlarga rioya qilish madaniyatini yaratish muhimdir.

Korrupsiya nima?

Korrupsiya - shaxsning o‘z shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy manfaat olish maqsadida o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday manfaatni qonunga xilof ravishda taqdim etishi; Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va poraxo‘rlik, ya’ni “Apex Bank” AJ xodimlari yoki Boshqaruv a’zolari tomonidan ushbu mansabdor shaxs o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qiymatliklar olishi va hadya qilishi yoki mulkiy manfaatdor ligi uchun 61-1 muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-9 va 192-10-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.

“APEX BANK” AJda manfaatlar to‘qnashuvi nima va u qanday tartibga solinadi?

Manfaatlar to‘qnashuvi - bu shaxsning shaxsiy manfaatlari (bevosita yoki qisman) uning ishdagi vazifalarini bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir. Bunda uning shaxsiy manfaatlari bilan boshqa odamlar, tashkilotlar yoki davlatning huquqlari yoki qonuniy manfaatlari o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishi mumkin. Bunday ziddiyat real (agar u mavjud bo‘lsa) yoki potensial (agar u kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lsa) bo‘lishi mumkin.

Manfaatlar to‘qnashuvining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini oldini olish maqsadida «APEX BANK» AJ Ichki nazorat va komplayens departamenti xodimlari tomonidan bank faoliyatiga ta’sirini minimallashtirish maqsadida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va hal qilish bo‘yicha aniq yo‘riqnoma va tartib-taomillar ishlab chiqilgan. Xodimlarga o‘z xizmat mavqeidan shaxsiy foyda olish uchun foydalanish taqiqlanadi, bu moliyaviy foyda, martaba oshishidagi ustunlik yoki boshqa foyda bo‘lishi mumkin emas. Bank xodimlari va vakant lavozimlarga nomzodlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash bo‘yicha treninglar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini e’lon qilish vaqti-vaqti bilan kuzatib boriladi.

“APEX BANK” AJda xabarlar uchun qanday aloqa kanallari mavjud?

“APEX BANK” AJda quyidagi aloqa kanallari mavjud:
-
Ishonch telefoni: +998 (55) 517-00-00;
-
Jamiyatning pochta manzili: info@apexbank.uz;
-
Moliya va komplayens nazorati departamentining pochta manzili: compliance@apexbank.uz;
-
Telegram bot apex_anticor_bot.

APEX BANK” AJga qanday va qanaqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishim kerak?

Siz “APEX BANK” AJ xodimlari, shu jumladan, xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan quyidagi huquqbuzarliklar haqida xabar berishingiz mumkin:

- Korrupsiyaviy va firibgarlik harakatlari, talon-toroj qilish, soxtalashtirish;

- Potensial va real manfaatlar to‘qnashuvi (manfaatlar to‘qnashuvi haqida batafsil bu yerda) (“APEX BANK”; AJda manfaatlar to‘qnashuvi nima va u qanday tartibga solinadi?" savoliga havola);

- Xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish va mansab vakolati doirasidan chetga chiqish holatlari;

- Noqonuniy moliyaviy operatsiyalar;

- Kadrlarni yollash, rotatsiya qilish, rag‘batlantirish va ko‘tarishda mahalliychilik, nepotizm (kumovchilik), favoritizm, homiylik va urug‘chilik;

- “APEX BANK” AJning Korporativ axloq kodeksi, Ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa ichki tartib-taomillarni buzish;

- O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalarini buzadigan boshqa harakatlar yoki harakatsizlik.