BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

BIZNES UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

Depozitlar

Batafsil shartlar

Milliy valyutadagi depozitlar:

Muddat – kamida 13 oy
Summa – cheklanmagan
Foiz stavkasi – yillik 18% gacha

Foizlarni hisoblash tartibi:

Foizlar har kuni, muddatli depozit bankka kelib tushgan kundan keyingi kundan boshlab, omonatchiga qaytarilishidan oldingi kungacha yoki boshqa asoslarga ko‘ra hisobdan yechib olinadigan kungacha hisoblanadi.

To‘ldirish

Mavjud

Qisman yechib olish

Muddatli depozit omonatini muddatidan oldin/qisman qaytarishda: foizlar mablag‘larning omonatda bo‘lgan haqiqiy davridan kelib chiqib, quyida ko‘rsatilgan stavkalar bo‘yicha qayta hisoblanadi.

Ko'zda tutilgan

90 kungacha – 12%
91 kundan 180 kungacha – 14%
181 kundan 270 kungacha – 16%
271 kundan 365 kungacha – 17%
366 kundan ortiq – 18%

AQSH dollaridagi depozitlar:

Muddat – kamida 13 oy
Summa – cheklovlarsiz
Foiz stavkasi – yillik 6% gacha

Foizlarni hisoblash tartibi:

Foizlarni hisoblash har kuni, muddatli depozit omonati bankka kelib tushgan kunning ertasidan boshlab, uni Omonatchiga qaytarish yoki boshqa asoslarga ko‘ra Omonatchining hisobvarag‘idan chiqarishdan oldingi kungacha amalga oshiriladi.

To‘ldirish

Mavjud

Qisman yechib olish

Muddatli depozit omonatini muddatidan oldin/qisman qaytarishda: foizlar mablag‘larning omonatda bo‘lgan haqiqiy davridan kelib chiqib, quyida ko‘rsatilgan stavkalar bo‘yicha qayta hisoblanadi.

Ko'zda tutilgan

90 kungacha – 2%
91 kundan 180 kungacha – 4%
181 kundan 270 kungacha – 5%
271 kundan ortiq – 6%

Yevrodagi depozitlar:

Muddat – kamida 13 oy
Summa – cheklovlarsiz
Foiz stavkasi – yillik 3,5% gacha

Foizlarni hisoblash tartibi:

Foizlarni hisoblash har kuni, muddatli depozit omonati bankka kelib tushgan kunning ertasidan boshlab, uni Omonatchiga qaytarish yoki boshqa asoslarga ko‘ra Omonatchining hisobvarag‘idan chiqarishdan oldingi kungacha amalga oshiriladi.

To‘ldirish

Mavjud

Qisman yechib olish

Muddatli depozit omonatini muddatidan oldin/qisman qaytarishda: foizlar mablag‘larning omonatda bo‘lgan haqiqiy davridan kelib chiqib, quyida ko‘rsatilgan stavkalar bo‘yicha qayta hisoblanadi.

Ko'zda tutilgan

180 kungacha – 1,5%
181 kundan 365 kungacha – 2,5%
366 kundan ortiq – 3,5%

 

 *Yakuniy foiz stavkasi omonatning joylashtirilish muddati va miqdoriga qarab belgilanadi. Aniqroq ma’lumot olish uchun Bankning Sotish ofislari yoki Aloqa markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz





Sizning omonatlaringiz Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlangan

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va yuridik shaxslarning omonatlari O‘zbekiston Respublikasining 18.02.2025 yildagi Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida №O‘RQ-1031-son Qonuniga muvofiq kafolatlash obyektlaridir (bundan Qonunnig 4-bob 25-moddasinig uchinchi qismida nazarda tutilgan omonatlar mustasno).

Kafolatlash hodisasi yuz bergan taqdirda bir bankda bir omonatchiga toʻlanadigan kompensatsiya quyidagi miqdorni tashkil etadi:
- kafolatlash obʻyekti qoldigʻining toʻliq hajmini, agar uning miqdori ikki yuz million soʻm yoki undan kam boʻlsa;
- ikki yuz million soʻmni, agar kafolatlash obʻyektining qoldigʻi ikki yuz million soʻmdan koʻp boʻlsa.

Omonatchi bitta bankda bir nechta kafolatlash obʻyektlariga ega boʻlgan taqdirda, mazkur kafolatlash obʻyektlari boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiyaning umumiy miqdori kafolatlash obʻyektining miqdori va valyutasidan qatʼiy nazar, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan miqdordan oshmasligi kerak, bundan ushbu Qonun 28-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Ko‘p beriladigan savollar

Depozit nima?

Depozit — bu foiz olish uchun ma’lum muddatga Bankka qo‘ygan pulingizdir.

Depozitni qanday ochish mumkin?

Siz depozitni onlayn/oflayn tarzda ochishingiz mumkin.

Depozitlar bo‘yicha foizlar qanday hisoblanadi?

Foizlar depozit rasmiylashtirilgandan keyingi kundan boshlab, u qaytarilishidan oldingi kungacha hisoblanadi. Bir yildagi kunlarning hisobiy soni 365 kun deb qabul qilinadi. Omonatchining hisobvarag‘i sud organlari tomonidan xatlangan davrda foizlar hisoblanmaydi.

Depozitning minimal summasi nima?

Depozitning eng kam miqdori — bu depozit shartlarida ko‘rsatilgan, depozit ochish uchun talab qilinadigan va shartnoma muddati davomida hisobingizda qolishi kerak bo‘lgan summadir.

Nima uchun depozit summasi o‘zgarmagan holda har oyda depozitdan olinadigan foizlar summasi turlicha bo‘ladi?

Foizlar joriy oydagi kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Masalan, yanvarda 31 kun, fevralda 28-29 kun. Shunga asoslanib, foizlar summasi ham turlicha bo‘ladi.

Depozit muddati tugagach, hali yechib olinmagan pullar nima bo‘ladi?

Omonat muddati tugagandan so‘ng, pul mablag‘lari shartnomada ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha muddatli hisob raqamidan o‘tkaziladi.

Kapitallashtirish nima?

Kapitallashtirish — bu depozitning asosiy summasiga hisoblangan foizlarni qo‘shish.

Prolongatsiya nima?

Muddatni uzaytirish — depozit muddati tugaydigan kunda uni avtomatik ravishda uzaytirish. Depozitni uzaytirish paytida depozitda bo‘lgan summa bilan va ochilish paytidagi kabi muddatga uzaytiriladi.

ARIZA QOLDIRISH

Arizani yuborish orqali siz shaxsiy ma’lumotlarning qayta ishlanishiga rozilik berasiz
Mutaxassislarimiz kun davomida Siz bilan bog‘lanib, kerakli hujjatlar paketini tayyorlash, shuningdek, siz uchun qulay bank filialini tanlashda yordam beradi.

Kontaktlar

Biz doim yoningizda, o‘zingizga qulay bo‘lgan tarzda biz bilan bog‘laning

Telefon orqali doim aloqadamiz

Aloqa markazi
1881

Xatlar uchun

info@apexbank.uz

Moliyaviy institutlar uchun

FI@apexbank.uz

Manzil

100060, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko'chasi, 77

Obuna uchun rahmat!

Siz APEXBANK yangiliklariga muvaffaqiyatli obuna bo'ldingiz