HURMATLI AKSIYADORLAR!
«APEX BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 11 dekabr kuni, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi, 2 - uyda joylashgan Bank bosh ofisi binosida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlarga xabar berish reestri 2024-yil 11 noyabr sanasiga va Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri 2024-yil 05 dekabr holatiga tuziladi.
Yig‘ilish Bank aksiyadorlarining yoki ular vakillarining ishtirokida, shakli va matni kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan byulletenlarda ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Bankning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: info@apexbank.uz ; www.apexbank.uz

KUN TARTIBI:

1. Bank Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
2. Bank aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
3. Bankning 2023-yil uchun yillik hisoboti, buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;
4. Bankning 2023-yil yakuni bo‘yicha sof foydasi va zararini taqsimlash;
5. “APEX BANK” AJ 2024-yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun mustaqil auditorlik tashkilotini tasdiqlash va uning xizmatlari uchun to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini belgilash.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va/yoki yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, S.Azimov ko‘chasi 77-uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.


Bank kuzatuv kengashi