APEX BANK o‘zining bankomatlar tarmog‘ini jadal kengaytirishda davom etib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini izchil mustahkamlab bormoqda. 2025-yil dekabr oyida bank yangi muhim marraga erishdi — 500-chi bankomat o‘rnatildi. Bu o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirishdagi navbatdagi muhim bosqich bo‘lib, barqaror o‘sish sur’atlarining tasdig‘idir.APEX BANK bankomatlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatining eng muhim va talab yuqori bo‘lgan hududlarida joylashtirilgan bo‘lib, mijozlarga uyiga, ish joyiga va savdo markazlariga yaqin joylarda bank xizmatlaridan tez va qulay foydalanish imkonini beradi. Tarmoqni rivojlantirish jarayonida bank qulaylik, operatsiyalar tezligi va xizmat ko‘rsatish xavfsizligiga alohida e’tibor qaratmoqda.
APEX BANK’ning zamonaviy bankomatlari kengaytirilgan funksionallikka ega bo‘lib, quyidagilarni qo‘llab-quvvatlaydi:
• NFC texnologiyasi orqali operatsiyalar — kontaktsiz kartalar va mobil qurilmalar;
• real vaqt rejimida raqobatbardosh kurslar bo‘yicha valyuta ayirboshlash;
• naqd pulni 24/7 rejimida kiritish va yechib olish (cash-in / cash-out).
Bankomatlar tarmog‘ining kengayishi APEX BANK’ning raqamlashtirish, xizmatlar mavjudligini oshirish va mijozlar tajribasini yaxshilashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining muhim qismidir.
APEX BANK kelgusida ham bankomat infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritib, mijozlarga zamonaviy, texnologik va ishonchli moliyaviy yechimlardan foydalanish imkonini taqdim etadi.