Korrespondentlik munosabatlarining o‘rnatilishi APEX BANK ga xalqaro bank operatsiyalarini rivojlantirish va mijozlar uchun xorijiy valyutada hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish imkonini beradi.
Bank of Georgia yuqori xalqaro kredit reytingiga ega bo’lgan, Gruziyadagi yetakchi banklaridandir.
«Bank of Georgia o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun ishonchli va barqaror bankdir. Korrespondentlik aloqalarining o‘rnatilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi, hamda chet el valyutasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini ta’minlaydi. “Bu «APEX BANK» AJ xalqaro bank biznesini rivojlantirishi va uning O‘zbekiston moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlashda muhim qadamdir, – dedi «APEX BANK» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Boboxon Abdullayev.
«APEX BANK» AJ o‘z mijozlariga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida, zamonaviy texnologiyalar asosidagi ORACLE FlexCube tizimidan foydalanishni boshlagan O‘zbekistondagi birinchi tijorat bank.
Bank boshqa yetakchi xorijiy banklar bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish niyatida.