APEX BANK & AKTIF BANK: Xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi! Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va qo‘shma imkoniyatlarni rivojlantirishni muhokama qilish uchun AKTIF BANKdagi hamkorlar bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik.

Turkiya - Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim iqtisodiy markaz va ko‘prik bo‘lib, jadal rivojlanayotgan bozor va strategik joylashuvga ega. Hamkorimiz Aktif Bank Turkiyaning yetakchi banklaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuv doirasida quyidagilar ko‘rib chiqildi:
- Banklar o‘rtasidagi joriy savdo va hisob-kitob operatsiyalari ;
- Innovatsion mahsulotlar va yechimlar taqdimoti ;
- Treyding, g‘aznachilik va likvidlikni boshqarish sohalaridagi istiqbollar ;
- Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish.

APEX BANK korporativ mijozlarga AQSH dollari, yevro, turk lirasi va Saudiya rialida xalqaro pul o‘tkazmalari va hisob-kitoblar xizmatlarini taklif etadi. To‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati, shu jumladan Turkiyadagi kontragentlar manziliga, tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro moliya sohasida biznesingiz uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Biz doimo muloqotga ochiqmiz va tez o‘zgaruvchan moliyaviy dunyoda sizning biznesingizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz! Maslahat va foydali hamkorlik uchun biz bilan bog‘laning.

APEX BANK - xalqaro maydondagi ishonchli moliyaviy hamkoringiz.