Yangi savdo ofisi shahar markazida, A. Xo'jaev ko'chasi, 38-uyda, Davlat xizmatlari markazi hududida mijozlarni qabul qilishga va xizmat ko‘rsatishga tayyor.
Bugungi kunda bizning ofis quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
- Uzcard plastik kartalarini chiqarish va xizmat ko‘rsatish. Kartani bir necha daqiqada rasmiylashtirib, naqdsiz hisob-kitoblarning barcha afzalliklaridan foydalanishni boshlang.
- Kommunal va davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish. To‘lovlaringizni tez va navbatsiz amalga oshiring.
Ofis ish tartibi:
Sotuv ofisimiz ish vaqti shahar aholisiga qulay bo’lgan tartibda tashkil etilgan:
- Dushanba — Juma: soat 9:00 dan 18:00 gacha.
- Tushlik: soat 13:00 dan 14:00 gacha.
- Shanba va yakshanba: dam olish kunlari.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun - 1881 qisqa raqamga qo’ng’iroq qiling yoki elektron manziliga yozing: info@apexbank.uz