Axborot xavfsizligi asoslari: har bir kishi bilishi muhim • Shubhali fayl va havolalarni ochmang
Ayniqsa “Shoshilinch to‘lash”, “Hisob ilovada”, “Soliq/Sud” mavzularida bo‘lsa.

• Kuchli parol
Pochta, internet-banking va korporativ xizmatlar uchun 2 bosqichli himoyani yoqing.

• Kirish huquqlarini cheklang
Xodimga faqat kerakli darajada ruxsat bering. Xodim ketganda — kirishni darhol yoping.

• Kodlar va OTPni hech kimga bermang
SMS/push kodlar, tokenlar — hech kimga, hatto “bank xavfsizlik xizmati” desa ham.

• Qurilmalarni nazorat qiling
Tizimlarni yangilang, antivirusdan foydalaning, noma’lum ilovalarni o‘rnatishni cheklang.