Ramazon Hayit bayrami munosabati bilan bankning savdo ofislari ish jadvaliga quyidagi o‘zgarishlar kiritildi.

29-31-mart kunlari "Nurafshon", "Namangan" va "ALPHA" savdo ofislari yopiq bo‘ladi, lekin "City Mall" va "Mega" savdo ofislari bayram kunlari ham odatiy tartibda ishlaydi (10:00 – 22:00).
1-apreldan boshlab barcha bo‘limlar standart jadval bo‘yicha o‘z faoliyatini davom ettiradi.

APEX BANK mobil ilovasi va bankomatlar tarmog‘i tun-u kun xizmat ko’rsatadi.
Biz har doim 1881 raqami orqali siz bilanmiz.

Ishonchingiz uchun minnatdormiz! Sizga tinchlik, osoyishtalik va barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz!