“APEXBANK” AJ sizni ayrim bank operatsiyalari bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritilgani haqida xabardor qiladi. Yangilangan tariflar 2025 yil 15 dekabrdan kuchga kiradi.
Tariflardagi asosiy o‘zgarishlar
Mobil ilova orqali operatsiyalar
“APEXBANK” AJ va boshqa banklarning UZCARD tizimidagi plastik kartalaridan muddatli depozitni ochish va to‘ldirish — komissiya undirilmaydi.
“APEXBANK” AJ va boshqa banklarning HUMO tizimidagi plastik kartalaridan muddatli depozitni ochish va to‘ldirish — komissiya undirilmaydi.
“APEXBANK” AJ va boshqa banklarning UZCARD kartalaridan talab qilib olinguncha depozit hisobini to‘ldirish — komissiya undirilmaydi.
“APEXBANK” AJ va boshqa banklarning HUMO kartalaridan talab qilib olinguncha depozit hisobini to‘ldirish — komissiya undirilmaydi.
Boshqa banklar kartalariga mablag‘larni yechib olish
Talab qilib olinguncha depozit hisobidan boshqa banklarning UZCARD kartalariga pul mablag‘larini yechib olish — operatsiya summasining 0,6 %.
Talab qilib olinguncha depozit hisobidan boshqa banklarning HUMO kartalariga pul mablag‘larini yechib olish — operatsiya summasining 0,6 %.
Muddatli depozit hisobidan boshqa banklarning UZCARD va HUMO kartalariga mablag‘larni yechib olish — nazarda tutilmagan.
Muddatli depozit hisobidan “APEXBANK” AJning UZCARD kartalariga mablag‘larni yechib olish — komissiya undirilmaydi.
Muddatli depozit hisobidan “APEXBANK” AJning HUMO kartalariga mablag‘larni yechib olish — komissiya undirilmaydi.
Naqd pul operatsiyalari
Mijoz hisobiga ilgari naqdsiz shaklda kelib tushgan mablag‘lar hisobidan muddatli depozit va talab qilib olinguncha depozit hisobidan naqd pul berish — operatsiya summasining 1 % (2025 yil 15 dekabrgacha talab qilib olinguncha depozitlar va muddatli depozitlar hisoblariga joylashtirilgan yoki hisobga o‘tkazilgan pul mablag‘lariga tatbiq etilmaydi).
Yangilangan shartlar bilan oldindan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun bank bo‘limlariga yoki “APEXBANK” AJ qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmat bilan,
“APEXBANK” AJ