Biz boshqa tijorat banklarida korporativ mijozlarga qaratilgan firibgarlik holatlari aniqlanayotganini qayd etmoqdamiz.Firibgarlar zararli dasturiy kodga ega bo‘lgan PDF va APK fayllarni tarqatmoqda. Ushbu fayllar ochilgach, jinoyatchilar ishchi kompyuterlarga hamda elektron raqamli imzoga (ERI) ruxsatsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tavsiya etamiz:
- noma’lum yoki shubhali manbalardan kelgan ilova va fayllarni ochmaslik;
- xat rasmiy ko‘rinishda bo‘lsa ham, jo‘natuvchini albatta tekshirish.
Internet-banking xavfsizligini kuchaytirish
2026-yil 1-fevraldan boshlab internet-banking (DBO) tizimida to‘lov operatsiyalarini amalga oshirishda majburiy ikki bosqichli tasdiqlash joriy etiladi — SMS orqali yuboriladigan bir martalik kod (OTP) yordamida.
Mazkur choralar ruxsatsiz operatsiyalar xavfini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
Agar siz OTP xizmatini ulashdan voz kechsangiz
Ushbu holatda 2026-yil 1-fevralga qadar bankka tegishli xavflarni qabul qilganingizni tasdiqlovchi to‘ldirilgan va imzolangan anketa taqdim etilishi lozim.
Anketa shakli ilova qilinadi.
Aloqa uchun
To‘lovlarni ikki bosqichli tasdiqlash masalalari bo‘yicha savollaringiz yuzasidan bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga 1881 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.