Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun zamonaviy yechimlar, ofisdan chiqmasdan biznesingiz moliyaviy mablag‘larini tez va qulay boshqarish imkonini beradi. Zamonaviy shifrlash va ko‘p darajali autentifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ma’lumotlaringiz va vositalaringiz himoyasini kafolatlaydi. Qulay interfeys operatsiyalarni oson amalga oshirish, qoldiqlarni nazorat qilish va pul oqimlarini boshqarish imkonini beradi.
Xizmatni ulash uchun bankning eng yaqin bo’linmasiga murojaat qiling va ariza qoldiring. Hisob yaratilgandan so‘ng, xodimlarimiz sizga qulay vaqtda ish joyingizga kelishadi. Ular kerakli dasturiy ta’minotni o‘rnatadi va elektron raqamli imzo (ERI) kalitini taqdim etishadi.
MBXdan foydalanish uchun ariza berilgandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida ruxsat beriladi.
Hisobvaraqlarni boshqarish; mablag‘lar harakatini nazorat qilish; bank ichida, boshqa banklarga va O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi o‘tkazmalarni amalga oshirish; muddatli depozitlarni joylashtirish; korporativ kartalarni to‘ldirish; ish haqi qaydnomalarini yuklash.
Masofaviy bank xizmati bank tomonidan bepul ko‘rsatiladi.