BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

TOYOTA avtokredit

0% dan
Foiz stavkasi
25% dan
Dastlabki to‘lov
60 oygacha
Muddat
Onlayn Kredit Kalkulyatori
Kalkulyator
600 million so'm 1.5 milliard so'm
1 oy 60 oy
0 % 25 %

Batafsil shartlar

Kredit mahsulotining turi

- Jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozor uchun avtokredit

Rasmiylashtirish usuli

- "APEX BANK" AJning markaziy ofisi, sotuv ofislari va savdo nuqtalari

Kredit maqsadi

- Rasmiy diler tomonidan yetkazib beriladigan yangi "TOYOTA" rusumli yengil avtomobillarni sotib olish: "OLTIN TULPOR TRADE" MCHJ YTT

Qarz oluvchi

- Kredit arizasini berish paytida 18 yoshdan 70 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari*
- Ariza ko‘rib chiqilayotgan sanadagi so‘nggi 6 oydan kam bo‘lmagan davrda rasman band bo‘lgan va rasmiy daromadga ega bo‘lganlar
- O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olinganlarga

Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati

- Hujjatlarning to‘liq paketi taqdim etilgandan keyin 1 ish kuni mobaynida

Qarz oluvchining o‘z ishtirokida miqdorga qo‘yiladigan talablar

- Avtomobil kontrakt qiymatining 25 foizidan boshlang‘ich to’lov miqdori 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin

Kreditning maksimal miqdori

- Qarz oluvchining to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib, biroq sotib olinayotgan avtomobil kontrakt qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda

Kredit valyutasi

- O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – So‘m

Taqdim etish shakli

- Qarz oluvchi sotib olinayotgan avtomobil uchun boshlang‘ich to’lov summasini Bankdagi talab qilib olinguncha hisobvarag‘idan to‘laganidan so‘ng, Bank tomonidan avtomobilni oldi-sotdi shartnomasi asosida sotuvchining hisob raqamiga bir yo‘la naqd pulsiz shaklda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan. Kreditni berish Qarz oluvchi tomonidan Bank tomonidan moliyalashtirishni ochish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar bajarilgan paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, dastlabki badalni boshqa banklarning kassalari orqali to‘lashga ruxsat etiladi, bunda to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganini tasdiqlovchi kvitansiyani Bankka taqdim etish majburiydir

Kredit muddati

- 60 (oltmish) oygacha (1-ilovaga muvofiq)

Asosiy qarz bo‘yicha foiz stavkasi miqdori

- Yillik 0% dan 23,5% gacha, hamkorlik dasturi shartlari bilan belgilanadigan o‘zgaruvchilarga qarab belgilanadi

Asosiy qarzni muddatidan o’tib so’ndirganlik uchun javobgarlik miqdori: yillik foiz stavkasi 0% dan farq qiladigan kreditlar bo‘yicha

- Asosiy foiz stavkasi yillik 40 (qirq) foiz miqdorida belgilanadi

Kreditni so’ndirish usuli

- Differensiallangan yoki annuitet

Asosiy qarzni so’ndirish

- Har oyda, tuzilgan kredit shartnomasi shartlariga muvofiq kredit berilgan oydan keyingi oydan boshlab

So’ndirish sanasi

- Qarz oluvchiga har oyning 1 dan 15 sanasigacha tanlov beriladi

Majburiy sug‘urta

- Tuzilgan sug‘urta shartnomasi va sug‘urta tashkilotining sug‘urta qoidalari shartlarida Qarz oluvchining mablag‘lari hisobiga kreditlashning butun muddatiga garov narsasini shikastlanish va nobud bo‘lish xavfidan sug‘urta qilish (ko‘char mol-mulkni sug‘urta qilish)

Kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usuli

- Kreditning butun muddatiga kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urtalash polisi
- Kelgusida kelib tushadigan kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan ko‘char mol-mulk garovi (mulkiy huquqlar)

Kredit va garov ta’minoti nisbatiga qo‘yiladigan talab

- 75% dan ko‘p emas

Ta’minot miqdoriga talab

- Kredit summasidan kamida 125%
- Bankka aloqador shaxslar uchun kredit summasidan kamida 130%

Kredit tarixiga qo’yiladigan talablar

Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixining mavjud emasligiga yo‘l qo‘yiladi
Kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga muvofiq kredit arizasi ko‘rib chiqilgan sanada ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emaslig

Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar

- O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi bazasi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmaganlar
- Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning "qora" ro‘yxatda yo‘qligi
- Qarz oluvchining ish beruvchisi Bank yuridik shaxslarining qora ro‘yxatida yo‘qligi;

Qarz yuki ko‘rsatkichi

- Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarning uning o‘rtacha oylik sof daromadiga nisbati (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni chegirgan holda), bunda Qarz oluvchining qarz yuki koeffitsiyenti olinadigan kreditni hisobga olgan holda 50% dan oshmasligi kerak
Istisnolar:
- bankka murojaat qilishdan 6 oydan kamroq vaqt oldin o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilar uchun QYK hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, biroq bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan to‘lanmagan kreditlar umumiy miqdorining 15 foizidan oshmasligi kerak
- qolgan Qarz oluvchilar uchun 100% gacha, biroq Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan to‘lanmagan kreditlar umumiy miqdorining 15% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda QYKga ruxsat etiladi

Mahsulotga nisbatan risk ishtaha ko‘rsatkichi

- Mahsulot bo‘yicha NPL ulushi ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfelining 4 % oshmasligi kerak

Qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta/harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi)
- Avtomobil oldi-sotdi shartnomasi
- O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma (davlat soliq qo‘mitasi orqali)**
- Tashqi xizmatlar ma’lumotlari bo‘yicha Qarz oluvchining daromadi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda - daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomani va/yoki so‘nggi kamida 6 (olti) oy uchun bank hisobvarag‘idagi qoldiqlar va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi ko‘chirmani taqdim etish zarur
- Zarur holatlarda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rash huquqini o‘zida saqlab qoladi

Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

- Garovga qo‘yilgan mol-mulk hujjatlari, avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) va zarurat bo‘lganda boshqa hujjatlar
- Nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun: Garovga qo‘yuvchining nikohi to‘g‘risidagi guvohnoma; Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta)
- Bank Garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi

Qarz oluvchining kredit bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlari

- Bankning kreditni to‘lamaslik xavfini sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash 12 oy uchun ta’minot summasining yillik 0,7 foizi miqdorida Qarz oluvchi tomonidan bir vaqtda to‘lanadi

Bir qarz oluvchi bilan kredit mahsuloti bo‘yicha tuzilgan kredit shartnomalarining maksimal soni

- Ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha bir qarz oluvchi bilan bir yil mobaynida ko‘pi bilan bitta kredit shartnomasi tuzilishi mumkin

*Yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar uchun kredit muddati yashash guvohnomasining amal qilish muddatidan oshishi mumkin emas

**O‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida 6 oydan ortiq bo‘lgan va ko‘rsatilgan davrda faoliyatni amalga oshirmayotgan shaxslar uchun to‘lov hujjati yoki ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat sanasi dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi hisoblanadi. Ushbu faktni tasdiqlash uchun my.gov.uz orqali 2024-yil yanvar oyidan boshlab bo‘lgan davr uchun ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda