BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

Premium+

23%
Foiz stavkasi
25 oy
Omonat muddati
Premium karta egalari uchun
Visa Infinite
Onlayn omonat kalkulyatori
kalkulyatori
50 mln so'm 10 mlrd so'm
1 oy 25 oy

Batafsil shartlar

Omonat nomi

Premium+

Omonatning valyutasi

Milliy valyuta — so‘m (UZS)

Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi

23 % yillik foiz ustamasi

Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablag‘ga qo‘shib qayta foiz hisoblash)

Mavjud emas

Omonatning muddati

25 oy omonat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab

Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori

50 000 000 ,00 (Ellik million) so‘m

Omonatga qo’yiladigan mablag’ning maksimal miqdori

10 000 000 000,00 (O’n milliard) so‘m

Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi

Har oyda, omonat valyutasida, avtomatik tarzda quyidagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan:
№20206 – “Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari”ga

Omonatni rasmiylashtirish usuli

Onlayn va offlayn

Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati

Mavjud, birinchi 12 oy Ichida

Avtouzaytirish (omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)

Mavjud emas

Boshqa shartlar

Bank bo‘limlarida ochilgan omonatlar mobil ilovada faqat ko‘rish uchun mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30, 366 va 382-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanmaydigan jismoniy shaxslardan (soliq rezidenti bo‘lmagan shaxslardan) bank depozitlari bo‘yicha to‘lanadigan foiz (daromad) summasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorda soliq undiriladi — to‘langan foiz summasining 10 foizi miqdorida.

Qisman yechib olish

Mavjud, minimal qoldiq saqlangan holda qisman yechib olish mumkin. 50 000 000 ,00 (Ellik million) so‘m

Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi

Omonat to‘liq muddatidan oldin yopilgan taqdirda, hisoblangan foizlar quyidagi tartibda qayta hisoblab chiqiladi:
1 oydan 12 oygacha — 22%;
12 oydan ortiq — 23%.
Foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Foizlar omonatda bo‘lgan pul mablag‘larining to‘liq o‘tilgan oylariga nisbatan to‘lanadi.
To‘liq bo‘lmagan oylar uchun foizlar to‘lanmaydi.

Omonatlarni kafolatlash

Jismoniy shaxslarning " APEX BANK " AJ ga joylashtirilgan barcha omonatlari majburiy kafolat obyekti hisoblanadi.
"Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga (18.02.2025 yildagi O‘RQ-1031-son) muvofiq endilikda davlat tomonidan kafolatlangan omonat miqdori bir bankda bir omonatchiga 200 mln so'mni tashkil etadi. Bu talab bankka qo'yiladigan yangi omonatlarga nisbatan qo'llaniladi. Agar Sizning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qo'ygan muddatli yoki jamg'arma omonatingiz bo'lsa, omonatlaringiz miqdoridan qat'i nazar to'liq kafolatlanadi.
Agarda pulingiz 200 mln so'mdan kam miqdorni tashkil etadigan bo'lsa, unda omonatingiz davlat tomonidan to'liq miqdorda kafolatlanadi.
Yana bir yangilik, endilikda faqat aholining emas, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek banklardagi yuridik shaxslarning omonatlarini kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Omonat miqdoringiz 200 mln so'mdan oshsa, qanday kafolatlanadi?

• Shuni aytish kerakki, kafolatlangan omonat miqdori 200 mln so'mni tashkil etadi degani, bankka undan ko'proq pul qo'yish mumkin emasligini anglatmaydi. Aksincha pullarni bankda saqlash, ularni uyda saqlashdan ancha xavfsiz va manfaatli. Omonatni bu miqdorda kafolatlash esa faqatgina bank tugatilgan taqdirdagina qo'llaniladi, aks holda banklar omonatlar bo'yicha o'z majburiyatlarini shartnoma asosida bajaraveradi.
• Kompensatsiya to'lab berish muddatlariga to'xtaladigan bo'lsak: yangi qonun qabul qilinguncha omonatlarni qaytarib berishni boshlash muddati 83 kunni tashkil etgan, endi esa bu muddat 20 ish kunni tashkil etadi va bosqichma bosqich 7 ish kuniga qisqartiriladi. Bu degani Agentlik kompensatsiyani to'lab berishni boshlashi uchun unga eng uzog'i bilan 20 ish kuni beriladi, zarur tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, Agentlik ushbu muddatdan ham oldin to'lab berishi mumkin bo'ladi.
• Agarda siz kompensatsiya to'lab berish uchun belgilangan muddat ichida o'z mablag'laringizni qaytarib olishga ulgurmagan bo'lsangiz ham xavotirga o'rin qolmaydi, ya'ni o'z pullaringizni Agentlikdan istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin bo'ladi.

Qonun bilan havola orqali tanishib chiqish mumkin.
«Sizning omonatlaringiz kafolatlangan» havola

Ko‘p beriladigan savollar

Depozit nima?

Depozit — bu foiz olish uchun ma’lum muddatga Bankka qo‘ygan pulingizdir.

Depozitni qanday ochish mumkin?

Siz omonatni oflayn tarzda, Savdo Ofislari orqali ochishingiz mumkin.

Depozitlar bo‘yicha foizlar qanday hisoblanadi?

Foizlar depozit rasmiylashtirilgandan keyingi kundan boshlab, u qaytarilishidan oldingi kungacha hisoblanadi. Bir yildagi kunlarning hisobiy soni 365 kun deb qabul qilinadi. Omonatchining hisobvarag‘i sud organlari tomonidan xatlangan davrda foizlar hisoblanmaydi.

Depozitning minimal summasi nima?

Depozitning eng kam miqdori — bu depozit shartlarida ko‘rsatilgan, depozit ochish uchun talab qilinadigan va shartnoma muddati davomida hisobingizda qolishi kerak bo‘lgan summadir.

Nima uchun depozit summasi o‘zgarmagan holda har oyda depozitdan olinadigan foizlar summasi turlicha bo‘ladi?

Foizlar joriy oydagi kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Masalan, yanvarda 31 kun, fevralda 28-29 kun. Shunga asoslanib, foizlar summasi ham turlicha bo‘ladi.

Depozit muddati tugagach, hali yechib olinmagan pullar nima bo‘ladi?

Omonat muddati tugagandan so‘ng, pul mablag‘lari shartnomada ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha muddatli hisob raqamidan o‘tkaziladi.

Kapitallashtirish nima?

Kapitallashtirish — bu depozitning asosiy summasiga hisoblangan foizlarni qo‘shish.

Prolongatsiya nima?

Muddatni uzaytirish — depozit muddati tugaydigan kunda uni avtomatik ravishda uzaytirish. Depozitni uzaytirish paytida depozitda bo‘lgan summa bilan va ochilish paytidagi kabi muddatga uzaytiriladi.

mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda

Boshqa omonatlar