HURMATLI AKSIYADORLAR!
«APEX BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 03 aprel kuni, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi, 2 - uyda joylashgan Bank binosida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Bank aksiyadorlarga xabar berish reestri 2025-yil 11-mart sanasiga va Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri 2025-yil 27-mart holatiga tuziladi.
Yig‘ilish Bank aksiyadorlarining yoki ular vakillarining ishtirokida, shakli va matni kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan byulletenlarda ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Bankning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: info@apexbank.uz ; www.apexbank.uz
KUN TARTIBI:
1. Bank Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;
3. Bankning joylashgan yerini (pochta manzilini) o‘zgartirishni kurib chiqish;
4. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
- Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va/yoki yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
- Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha axborot va unda ko‘riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bratislava ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.
Bank kuzatuv kengashi