BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

Oltin
quymalari

Oltin quymalarni xarid qilish uzoq muddatli jamg‘arma va kapitalni saqlashning ishonchli usuli bo‘lib, bir qator muhim afzalliklarga ega:

Batafsil shartlar

Inflyatsiyadan himoya
Oltin qiymati odatda vaqt o‘tishi bilan saqlanib qoladi. Milliy valyuta qadrsizlanganda ham oltin narxi
ko‘pincha oshadi.

Ishonchli aktiv
Iqtisodiy inqirozlar, siyosiy beqarorlik
yoki valyuta kursi tebranishlari davrida investorlar ko‘pincha oltinga o‘tadi.
Shu sababli u “himoya aktivi” hisoblanadi.

Qiymatni uzoq muddatda saqlash
Naqd pul yoki ayrim boshqa aktivlardan farqli ravishda, oltin asrlar davomida o‘z qiymatini yo‘qotmaydi.

Yuqori likvidlik
Oltin quymalarni banklar, zargarlik
bozorlari yoki investitsiya markazlari orqali
nisbatan tez sotish mumkin.

Jismoniy egalik hissi
Aksiyalar yoki raqamli aktivlardan farqli ravishda, oltin qo‘lda ushlab turiladigan
real moddiy boylik hisoblanadi.

Global qiymat
Oltin deyarli barcha mamlakatlarda tan olinadi va qadrlanadi.

999,9 probali oltin quymalar 10, 20, 50 va 100 gramm og‘irliklarda maxsus himoya qadoqlarida sotuvga taklif etiladi. Oltin quyma qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘zining seriya raqamiga ega bo‘ladi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni bankning veb-saytida milliy valyutada eʼlon qilib boriladi.

Qadoqlari but bo‘lgan oltin quymalar savdo nuqtalarida bank tomonidan qayta sotib olinib, puli darhol quyma egasiga to‘lab beriladi.

Texnik ekspertiza o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan hollarda, qayta sotib olish uchun topshirilgan oltin quymalar bo‘yicha jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. To‘lov esa texnik ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Oltin quymalarni faqat Markaziy savdo ofisidan xarid qilish mumkin. Manzil: Toshkent shahri, Sodiq Azimov ko‘chasi, 77-uy. Batafsil ma’lumotni 1881 raqami orqali olishingiz mumkin.

Oltin quymalari kurslari

Og'irligi
Sotuv narxi
17 949 000 so'm

15.09.2026 09:56 da yangilangan

*Kun davomida o‘lchovli quymalar narxlari qimmatbaho metallar xalqaro bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib bank tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin