APEX BANK korporativ obligatsiyalar chiqarishni tashkil etish uchun anderrayterlar konsorsiumini jalb etdi APEX BANK «Bluestone Financial Group Inc» QK MChJ hamda «Portfolio Investments» MChJdan iborat anderrayterlar konsorsiumi bilan Bankning korporativ obligatsiyalarini chiqarishni tashkil etish va mazkur chiqarilish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng obligatsiyalarni joylashtirish bo‘yicha anderrayting shartnomasini imzoladi.

Ushbu hamkorlik APEX BANK va kapital bozori professional ishtirokchilarining tajribasini birlashtirib, O‘zbekiston qarz kapitali bozorida yangi mezon o‘rnatishga qaratilgan muhim bitimni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Rejalashtirilayotgan chiqarilishning asosiy parametrlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qonunchilikda belgilangan tartibda qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.