APEX BANK Visa Infinite kartalari egalari uchun "Premium+" omonati ishga tushirmoqda APEX BANK yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va foydali shartlarni ta’minlagan holda, o‘zining premium mijozlari uchun mahsulotlar turlarini kengaytirishni davom ettirmoqda. 2025-yil 25-iyundan boshlab bank Visa Infinite karta egalari uchun maxsus taklifni — yuqori daromadlilik va mablag‘larni boshqarishning moslashuvchan shartlarini o‘zida mujassam etgan "Premium+" omonatini taqdim etadi.

"Premium+" omonati shartlari:
Foiz stavkasi – yillik 23%
Omonat muddati – 25 oy
Minimal boshlang'ich badal – 50 000 000 so‘m
Omonatni to‘ldirish – dastlabki 12 oy ichida mumkin
Qisman yechib olish – 50 000 000 so‘m miqdoridagi minimal qoldiq saqlangan holda
Foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Foizlar pul mablag‘lari omonatda bo‘lgan to‘liq oylarning haqiqiy soni uchun to‘lanadi. To‘liq bo‘lmagan oy uchun foizlar to‘lanmaydi.
Omonat muddatidan oldin to‘liq yopilganda, hisoblangan foizlar qayta hisoblanadi:
1 oydan 12 oygacha - 22%;
12 oydan ortiq - 23%.

Foizlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar bank tomonidan omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi.
Foizlar pul mablag‘lari omonatda turgan to‘liq oylarning haqiqiy soni uchun to‘lanadi. To‘liq bo‘lmagan oy uchun foizlar hisoblanmaydi.

Visa Infinite kartalari hamda "Premium+" omonatini APEX BANKning barcha bo‘limlarida ochish mumkin. Karta va omonatni rasmiylashtirish jarayoni atigi 10-15 daqiqa vaqt oladi.