APEX BANK poytaxt hududida joylashgan bankomatlarning barqaror va ishonchli ishlashini ta'minlash maqsadida joriy yilning 13 dan 27 yanvar kunlariga qadar rejalashtirilgan profilaktika ishlari olib borilishini ma'lum qiladi.

Shu munosabat bilan bankomatlar ishida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Agar sizda savollar paydo bo'lsa yoki qo'shimcha ma'lumot kerak bo'lsa, bankning kontakt-markaziga 1881 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va APEX BANKni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!