Ijtimoiy sug‘urta sizga nima beradi? 2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ham Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan ham to‘lanadi.

Nafaqani tayinlash uchun fuqarolardan alohida ariza topshirish yoki qo‘shimcha hujjatlar taqdim etish talab etilmaydi. Zarur ma’lumotlar axborot tizimidagi ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda tahlil qilinadi va nafaqa belgilangan tartibda tayinlanadi.

Yangi tartib nafaqani olish jarayonini soddalashtiradi hamda fuqarolar va ularning yaqinlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytiradi.

Ijtimoiy sug‘urta — siz va yaqinlaringiz uchun ishonchli himoya.