“Everest Daromad – 3” va “Premium+” omonatlarini qabul qilishni to‘xtatish bo‘yicha ma’lumot Hurmatli mijozlar!

Sizga ma’lum qilamizki, APEX BANK depozit mahsulotlari liniyasiga o‘zgartirishlar kiritmoqda.

2026-yil 19-fevraldan boshlab “Everest Daromad – 3” mahsuloti bo‘yicha yangi omonatlarni qabul qilish to‘xtatiladi,
2026-yil 21-fevraldan — “Premium+” mahsuloti bo‘yicha.

E’tiboringizni qaratamizki, avval ochilgan barcha omonatlar to‘liq hajmda amal qilishda davom etadi. Bank ular bo‘yicha majburiyatlarni tuzilgan shartnomalar shartlariga qat’iy muvofiq bajarilishini kafolatlaydi.

Foizlarni hisoblash, daromadni to‘lash tartibi va mablag‘larni qaytarish amaldagi omonat shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Barcha savollar bo‘yicha Bank filiallariga yoki 1881 raqami orqali Kontakt-markazga murojaat qilishingiz mumkin.

Ishonchingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!