"PRIME + (UZS) " va "PRIME (USD) " omonatlarini rasmiylashtirishni to‘xtatish hamda "PRIME + (UZS) " va "PRIME + (USD) " omonatlarini yangi shartlar bilan qayta tiklash to‘g‘risida Hurmatli mijozlar!

Sizni APEX BANK omonatlari mahsulot qatoridagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilmoqchimiz.

2026-yil 25-noyabr soat 17:00 dan boshlab yangi "PRIME (UZS) " omonatlarini rasmiylashtirish to‘xtatiladi.

Shu bilan birga, "PRIME + (UZS) " va "PRIME (USD) " omonati bo‘yicha ilgari tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi shartlarda amal qilishda davom etadi. Bank o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarning to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi.

Amaldagi omonatlar bo‘yicha foizlar tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi. Pul mablag‘larini qaytarish shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.

2026-yil 25-noyabrdan boshlab APEX BANK yangi shartlar bilan "PRIME + (UZS) " va "PRIME + (USD) " omonatlarini qayta tiklamoqda. Ular bilan APEX bankining rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, Bankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz yoki 1881 raqami orqali Aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Ishonchingiz va APEX BANKni tanlaganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiramiz!