"APEXBANK" AJ tariflarining 2026-yil 1-apreldan yangilanishi Hurmatli mijozlar!

Moliya qo‘mitasining 2026-yil 19-martdagi 11-sonli bayonnoma qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan boshlab "APEXBANK" AJ mijozlari - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy va xorijiy valyutadagi topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflarining yangi tahrirlari kuchga kirishini ma’lum qilamiz.

2026-yil 1-apreldan boshlab "DELTA" tarifi bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:
Joriy mijozlar uchun:
- Hisobga xizmat ko‘rsatish uchun komissiya har oyning 5-sanasida hisoblanadi va bank tomonidan amaldagi tariflarga muvofiq yechib olinadi
- Jismoniy shaxsning "APEX BANK" AJda ochilgan bank kartasi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish uchun bank komissiyasi - 0,1%
- Anor tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish - har bir to‘lov uchun (QQS bilan birga) 1500,00 so‘m
- Paynet tizimi to‘lovlari uchun tushum topshirgan mijozlarning naqd pullarini qabul qilish va qayta hisoblash:
9.00 dan 18.00 gacha - summaning 1 foizi
Soat 18:00 dan keyin - summaning 2 foizi

- O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chiqarilgan xalqaro to‘lov tizimlarining (Visa, Mastercard, UnionPay va boshqalar) bank kartalari bo‘yicha UZCARD va/yoki HUMO tizimida ro‘yxatdan o‘tgan savdo terminalida amalga oshirilgan tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - summaning 2,7%
- TezQR (POS-terminal orqali tezkor to‘lov) orqali to‘lov amalga oshirilganda tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - to‘lov summasining 1 foizi
- NFC to‘lovida tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi (POS-terminal orqali tezkor to‘lov) - to‘lov summasining 1%
- O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chiqarilgan xalqaro to‘lov tizimlarining (Visa, Mastercard, Union Pay va boshqalar, shu jumladan Apple Pay, Samsung Pay, Huawei Pay va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar) bank kartalari bo‘yicha NFC (POS-terminal orqali tezkor to‘lov) orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - summaning 2,7 foizi
- QR-online (mijoz uchun yagona QR-kod) orqali tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - summaning 0,5%i

Yangi mijozlar uchun:
Tarif faqat yangi tahrirda taklif etiladi va faqat VIC segmenti mijozlari uchun mavjud. 20-sanadan keyin yangi mijozga hisob ochilganda, ulanish oyi uchun komissiya olinmaydi.

2026-yil 1-apreldan boshlab "STANDART" tarifi bo‘yicha quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:
Joriy mijozlar uchun:
- "APEX BANK" AJda ochilgan jismoniy shaxsning bank kartasi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish uchun bank komissiyasi - 0,1%ga
- Anor tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish - har bir to‘lov uchun (QQS bilan birga) 1500,00 so‘m
- Paynet tizimi to‘lovlari uchun tushum topshirgan mijozlarning naqd pullarini qabul qilish va qayta hisoblash:
9.00 dan 18.00 gacha - summaning 1 foizi
Soat 18:00 dan keyin - summaning 2 foizi

- O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chiqarilgan xalqaro to‘lov tizimlarining (Visa, Mastercard, UnionPay va boshqalar) bank kartalari bo‘yicha UZCARD va/yoki HUMO tizimida ro‘yxatdan o‘tgan savdo terminalida amalga oshirilgan tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - summaning 2,7 foizi; - TezQR (POS-terminal orqali tezkor to‘lov) orqali to‘lov amalga oshirilganda tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - to‘lov summasining 1 foizi.
- NFC to‘lovida tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi (POS-terminal orqali tezkor to‘lov) - to‘lov summasining 1%
- O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida chiqarilgan xalqaro to‘lov tizimlarining (Visa, Mastercard, Union Pay va boshqalar, shu jumladan Apple Pay, Samsung Pay, Huawei Pay va boshqa shunga o‘xshash xizmatlar) bank kartalari bo‘yicha NFC (POS-terminal orqali tezkor to‘lov) orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - summaning 2,7 foizi
- QR-online (mijoz uchun yagona QR-kod) orqali tranzaksiyalarni qayta ishlash uchun bank komissiyasi - summaning 0,5%i

Yangi mijozlar uchun:
- To‘lov hujjati bo‘yicha mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklariga o‘tkazish uchun vositachilik haqi. - summadan 0,3%* (komissiyaning o‘rtacha qiymati ko‘rsatilgan, 0,1% dan 0,5% gacha miqdorda komissiya belgilashga yo‘l qo‘yiladi, bunda korporativ biznes departamenti bilan kelishilgan holda o‘rtacha qiymatdan past komissiya belgilashga yo‘l qo‘yiladi)