Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi ilk bor APEX BANK ga xalqaro kredit reytingini berdi. Bankning reytingi B3, prognozi esa “barqaror” deb baholandi "APEX BANK" AJ uchun mazkur reyting bank rivojidagi muhim bosqichlardan biridir. Ilk bor bankning kredit profili xalqaro reyting agentligining mustaqil bahosiga ega bo‘ldi.

Reytingni belgilashda Moody’s bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari, aktivlar sifati, kapitallashuv darajasi, likvidligi, biznes modeli hamda keyingi o‘sish istiqbollarini hisobga oldi.

Moody’s tomonidan berilgan kredit reytingi bankning moliyaviy profili haqida qo‘shimcha mustaqil va professional baholash manbaini taqdim etadi. APEX BANK uchun ushbu reyting bank faoliyati va kredit profilidagi o‘zgarishlarni xalqaro mezonlar asosida kuzatish imkonini beruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mijozlar va hamkorlar uchun esa xalqaro kredit reytingi bankning moliyaviy holati va kredit profilini baholashda qo‘shimcha ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.