Taklif etilgan ekspertlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari ishtirok etdi.
Trening davomida ishtirokchilar amaliy keyslarni ko‘rib chiqib, amaldagi qonunchilik talabi, shubhali operatsiyani aniqlash, xavfni baholash hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish masalalarini muhokama qildilar. O‘quv kursi yakunida xodimlarga sertifikatlar berildi.
APEX BANK xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda komplayens va ichki nazorat madaniyatini mustahkamlashni davom ettirmoqda.