Hurmatli mijozlar!Sizni APEX BANK depozit mahsulotlari qatoridagi o‘zgarishlar bilan tanishtiramiz. 2026-yil 27-fevraldan boshlab “Tian Shan” va “Elbrus-2” dasturlari bo‘yicha yangi omonatlar rasmiylashtirilishi to‘xtatiladi.
Shu bilan birga, avval tuzilgan barcha shartnomalar o‘z kuchida qoladi. Bank barcha majburiyatlarini to‘liq va belgilangan muddatlarda bajarishini kafolatlaydi.
Amaldagi omonatlar bo‘yicha foizlar shartnoma shartlariga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi, mablag‘larni qaytarish esa belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Savollar bo‘lsa, Bankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz yoki 1881 raqamli Kontakt-markaz bilan bog‘lanishingiz mumkin.