O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025 yildagi PQ-12-sonli "2025 yilda aholining bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq, aholiga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda agentlik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida, "APEX BANK" AJ tomonidan "Mahalla bankiri" dasturi doirasida yordamchi-agentlar uchun texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi va o‘tkazildi.O‘quv jarayonida ishtirokchilar zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlari, mahallalarda aholi bilan ishlash mexanizmlari hamda mijozlarga maslahat berish va moliyaviy yechimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati, raqamli bank xizmatlari va me’yoriy talablar bo‘yicha muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday o‘quv tadbirlarini o‘tkazish yordamchi-agentlar faoliyati samaradorligini oshirish, bank xizmatlarining aholiga yetib borishini kengaytirish hamda hududlarda qo‘shimcha bandlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
"APEX BANK" AJ kelgusida ham "Mahalla bankiri" dasturi doirasida bunday o‘quv tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazib borishni rejalashtirmoqda.