O‘quv dasturi doirasida bank xodimlari qonunchilikdagi dolzarb o‘zgarishlar, regulyatorlar talablari, sanksiyalar komplayensi, moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarini o‘rganmoqda.Amaliy misollarni tahlil qilish, xatarlarni aniqlashning zamonaviy usullari va ichki nazoratning ilg‘or xalqaro amaliyotlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday o‘quv dasturlari komplayens madaniyatini mustahkamlash, ichki jarayonlarni takomillashtirish hamda mijozlarimiz uchun bank xizmatlarining ishonchliligi, shaffofligi va xavfsizligini yuqori darajada ta’minlashga xizmat qiladi.