BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

BIZNES UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

Asosiy kapital uchun milliy va xorijiy valyutada

To'lovni hisoblash
Hisobni yopish
Kredit miqdori
50 000 000 000.00
Kredit muddati
18 мес
Imtiyozli davr
6 мес
Stavka
24%
Asosiy to'lov Foizlar to'lovi Jami to'lovlar Asosiy qarz qoldig'i
Jami: 10 000 000 000.00 4 300 000 000.00 14 300 000 000.00
Hisoblash ommaviy taklif emas va axborot xarakteriga ega.

Shartlar

Foiz stavkasi
25% dan
Kredit muddati
60 oygacha
Maqsadli guruh
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab kamida 6 oy davomida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Biznes turi
Kichik, o‘rta va yirik biznes.
Kredit maqsadi
Asosiy fondlarni (mulkiy majmualar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni) mahalliy va tashqi savdo shartnomalari/kontraktlari/invoyslari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali sotib olish va kengaytirish (yangilash) (muddati o‘tgan kreditorlik qarzdorligini to‘lash bundan mustasno), shu jumladan kredit mablag‘larini konvertatsiya qilish yo‘li bilan, shuningdek boshqa bank tomonidan asosiy fondlarni sotib olish uchun avval berilgan kreditlarni qayta moliyalashtirish uchun.
Moliyaviy vosita turi
Kredit liniyasi ochilmagan holda kredit;
Kredit limitini belgilash to‘g‘risidagi Bosh kelishuv (keyingi o‘rinlarda "BK") tuzilgan holda ramkaviy kredit liniyasi, uning doirasida asosiy fondlarni sotib olish uchun kreditlar ajratilishi mumkin.
Kreditni taqdim etish shakli
Naqd pulsiz shaklda, asosiy fondlarni yetkazib beruvchi/sotuvchining hisob-kitob raqamiga yetkazib berish/sotib olish-sotish shartnomasiga muvofiq mablag‘larni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek avval berilgan kreditni qayta moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot rasmiylashtirilgandan so‘ng boshqa bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan.
Arizani ko‘rib chiqish muddati
Kredit va uning ta’minoti bo‘yicha hujjatlarning to‘liq to‘plami taqdim etilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kunidan oshmagan muddatda.
Kredit valyutasi
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘m.
Xorijiy valyuta — AQSh dollari, Yevro.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni xorijiy valyutada moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit/kredit liniyasining maksimal ruxsat etilgan summasi
Kredit summasi tadbirkorlik subyektining moliyaviy holati, depozit hisobvaraqlaridagi aylanmalar, biznes hajmi, kreditni qaytarish manbalari va taqdim etiladigan ta’minotga bog‘liq bo‘lib, kreditlanayotgan loyiha umumiy qiymatining 70 foizidan oshmasligi kerak.
Kredit/kredit liniyasining maksimal ruxsat etilgan summasi Bankning belgilangan risk-appetiti va kredit riski limiti bilan cheklanadi hamda bir qarz oluvchi yoki o‘zaro bog‘liq qarz oluvchilar guruhi uchun Bankning I darajali kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Qarz oluvchining loyihadagi o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki miqdoriga qo‘yiladigan talablar
Qarz oluvchining o‘z mablag‘lari bilan loyiha qiymatining kamida 30% miqdorida ishtirok etishi talab etiladi (qayta moliyalashtiriladigan loyihalar bundan mustasno). Agar loyihada tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import shartnomasi bo‘yicha to‘lash orqali moliyalashtirish nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lov, shu jumladan, Qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi kerak.
Import shartnomasi bo‘yicha to‘lovga qo‘yiladigan talablar
Import shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar tovarlar/ishlar/xizmatlarning yetkazib berilishi/amalga oshirilishini kafolatlaydigan to‘lov shakllaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Import shartnomasi bo‘yicha avans to‘lovini kredit mablag‘lari hisobidan 30% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi, qolgan 70% (yoki 100%) mablag‘ summasi esa tovarlar/ishlar/xizmatlar to‘liq yetkazib berilgandan/amalga oshirilgandan so‘ng to‘lanadi.
Kredit/BK muddati
Kredit shartnomasi/BK tuzilgan kundan boshlab 60 oydan oshmagan muddatda va har bir loyiha bo‘yicha biznes-reja/texnik-iqtisodiy asoslash hisob-kitoblariga muvofiq, loyihaning o‘zini o‘zi qoplash muddatidan kelib chiqib individual ravishda belgilanadi.
Kreditdan foydalanish muddati
Kredit shartnomasi (BK doirasidagi individual kredit shartnomasi) tuzilgan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kundan oshmagan muddatda. Kreditdan foydalanish muddati har bir loyiha bo‘yicha yetkazib berish shartnomalaridagi to‘lov shartlaridan kelib chiqib individual ravishda belgilanishi mumkin.
Muddati kelgan qarzdorlik bo‘yicha foiz stavkasi
Milliy valyutadagi loyihalar bo‘yicha — yillik 25% dan
Xorijiy valyutadagi loyihalar bo‘yicha — yillik 12,99% dan
Muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘yicha foiz stavkasi
Amaldagi foiz stavkasi 1,5 baravar oshirilgan holda.
Asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr
Kredit berilgan kundan boshlab 12 (o‘n ikki) oydan oshmagan muddatda.
Imtiyozli davr kreditlanayotgan loyihaning xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Asosiy qarzni so‘ndirish
Har oyda / har chorakda / har yarim yillikda to‘lovlar orqali, shuningdek qarz oluvchining prognoz qilinayotgan pul oqimlariga qarab individual ravishda. Asosiy qarzni so‘ndirish miqdori va sanasi IKSh/KShda kelishiladi. So‘ndirish kredit valyutasida amalga oshiriladi.
Foizlarni so‘ndirish
Har oyda / har chorakda / har yarim yillikda to‘lovlar orqali, shuningdek qarz oluvchining prognoz qilinayotgan pul oqimlariga qarab individual ravishda. Foizlarni so‘ndirish miqdori va sanasi IKSh/KShda kelishiladi. So‘ndirish kredit valyutasida amalga oshiriladi.
Muddatidan oldin so‘ndirish shartlari
Muddatidan oldin so‘ndirish (qisman yoki to‘liq) komissiya undirilmasdan amalga oshiriladi.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar
APEX BANK AJda depozit hisobvarag‘ining mavjudligi;
Yomon (salbiy) kredit tarixining mavjud emasligi;
Likvid balans va foydali faoliyatning mavjudligi;
Depozit hisobvaraqlarida kamida 6 oy davomida xo‘jalik faoliyatidan barqaror aylanmalarning mavjudligi;
Faoliyatni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan amaldagi ruxsat beruvchi hujjatlarning (litsenziya, guvohnoma, sertifikat, xulosa va boshqalar) mavjudligi, agar faoliyat turi bunday hujjatlarni talab qilsa;
Bankrotlik yoki sud jarayonida bo‘lmasligi hamda barqaror joriy va istiqboldagi moliyaviy holatga ega bo‘lishi;
Banklar oldidagi majburiyatlarni so‘ndirishning prognoz qilinadigan barqaror manbalarining mavjudligi;
Banklar va nobank kredit tashkilotlari bilan ilgari amalga oshirilgan kredit operatsiyalari bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlikning (asosiy qarz yoki foizlar bo‘yicha) mavjud emasligi;
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyatning mavjud emasligi;
Tadbirkorlik subyekti, uning rahbarlari va benefitsiar mulkdorlarining milliy va xalqaro sanksiyalar ro‘yxatlarida mavjud emasligi;
Xorijiy valyutadagi loyihalar uchun — yuridik shaxslarning xorijiy valyutadagi tushumlariga ega bo‘lishi ma’qul. Valyuta tushumiga ega bo‘lmagan yoki mavjud valyuta tushumi so‘ralayotgan xorijiy valyutadagi kreditga xizmat ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lmagan yuridik shaxslarning oylik pul tushumlari xorijiy valyutadagi kredit bo‘yicha oylik majburiyatlardan kamida 1,5 baravar ko‘p bo‘lishi kerak;
№2 kartoteka — «O‘z vaqtida to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari» bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi.
Kredit / kredit liniyasi bo‘yicha ta’minot
Kredit summasining kamida 125% miqdorida (Bank bilan bog‘liq shaxslar uchun 130%).
Kredit bo‘yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
Ko‘char va ko‘chmas mol-mulk garovi;
Uchinchi shaxslarning kafilliklari va kafolatlari;
Pul mablag‘lari, shu jumladan depozitlar garovi;
Kreditni qaytarmaslik xatarlarini sug‘urtalash polisi;
Uskunalar garovi;
O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida, APEX BANK AJning Kredit siyosatida va Bankning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari.
Ta’minotga qo‘yiladigan talablar
Ko‘chmas mulk garovi bo‘yicha:
ishlab chiqarish maydonlari;
ofis xonalari;
omborxona va savdo xonalari;
umumiy ovqatlanish xonalari;
garovga qo‘yuvchining yagona turar joyi bo‘lmagan va ularda ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar mavjud bo‘lmagan turar joylar va kvartiralar;
boshqa ko‘chmas mulk.

Ko‘char mulk garovi bo‘yicha:
ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan maxsus texnika;
ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan uskunalar.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, APEX BANK AJning Kredit siyosatida va Bankning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar.
Mahsulot bo‘yicha risk-appetit ko‘rsatkichi
Mazkur kredit mahsuloti bo‘yicha NPL ulushi yuridik shaxslarning ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfelining 2%idan oshmasligi kerak.
Kredit olish uchun Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Bank shakli bo‘yicha kredit arizasi
Yuridik hujjatlar (ustav; ta’sis shartnomasi; davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma).
Qarz oluvchining ta’sischilari bo‘yicha: jismoniy shaxslar uchun — ta’sischilarning pasportlari/ID-kartalari; yuridik shaxslar uchun — yuridik hujjatlar. (YTT uchun davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va pasport/ID-karta);
Yig‘ilish bayonnomasi, kredit olish, ta’minot taqdim etish hamda direktor/javobgar shaxslarning kredit va garov hujjatlarini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi ta’sischilar qarori (YTT uchun talab etilmaydi);
Kredit hujjatlari va Qarz oluvchining boshqa hujjatlarini imzolashga vakolatli shaxslarning pasportlari/ID-kartalari va ularni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlar (YTT uchun talab etilmaydi);
Moliyaviy hisobot (Yuridik shaxslar uchun — buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; YTT uchun — soliq deklaratsiyasi) oxirgi to‘liq moliyaviy yil uchun va oxirgi chorak sanasidagi tezkor moliyaviy hisobotlar;
Oxirgi chorak sanasidagi debitorlik va kreditorlik qarzdorligining tafsilotlari (kontragent, summa, yuzaga kelish sababi, yuzaga kelgan sana va qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘rsatilgan holda) (YTT uchun talab etilmaydi);
Kreditlar/qarzlar/lizing operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa, tegishli shartnomalar va to‘lov jadvallari ilova qilingan holda ushbu majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlardagi oxirgi 12 oydagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kredit qarzdorligi (kreditlar, kafolatlar, akkreditivlar, lizing va boshqa moliyaviy majburiyatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, №2 Kartotekadagi qarzdorlikning mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (boshqa banklarda depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lsa; №2 Kartoteka bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan taqdim etiladi). Bunda mijozga masofaviy bank xizmatlari kanallari (bank-mijoz) orqali hisobvaraqlar harakati bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni (pul mablag‘lari qoldig‘i, hisobvaraqning debet va kredit bo‘yicha harakati, kontragent nomi, to‘lov maqsadi) mustaqil ravishda shakllantirib taqdim etishga ruxsat etiladi;
Kredit hisobidan to‘lanadigan tovarlar/ishlar/xizmatlarni sotib olish bo‘yicha shartnomalar (ularning loyihalari);
Kreditlash davridagi pul oqimlari ko‘rsatilgan biznes-reja/texnik-iqtisodiy asos;
Sotish shartnomalari (shartnomalar/niyat protokollari);
Kredit ta’minoti bo‘yicha hujjatlar;
Kreditni ko‘rib chiqish jarayonida Bank tomonidan so‘ralishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Документы по обеспечению кредита (Залогодатель - физическое лицо)
Mulk egasining pasporti/ID-kartasi
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulk bo‘yicha hujjatlar, shu jumladan oldi-sotdi shartnomalari, ko‘chmas mulkning kadastr hujjatlari, avtotransport vositalari va maxsus texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar hamda boshqa hujjatlar;
Garovga taqdim etilayotgan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha mustaqil baholash tashkilotining hisoboti;
Bankda rasmiylashtiriladigan garovda mulk egasining turmush o‘rtog‘ining roziligi;
Bank mahsulotni ko‘rib chiqish jarayonida so‘rashi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Yuridik shaxs kafil uchun
Kafilning yuridik hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
Kafillik shartnomasini yoki boshqa ichki hujjatlarni imzolashga vakolatli shaxslarning pasportlari/ID-kartalari va ularni tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlar;
Kafilning bankidan imzo namunalari mavjud kartochka;
Yig‘ilish bayonnomasi, kredit bo‘yicha kafillik berish va direktor/javobgar shaxslarning kafillik shartnomasini imzolash vakolatlari to‘g‘risidagi ta’sischilar qarori;
Ta’sischilarning pasportlari/ID-kartalari — jismoniy shaxslar uchun;
Ta’sischilarning yuridik hujjatlari — yuridik shaxslar uchun;
Oxirgi moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot) va oxirgi chorak sanasidagi tezkor moliyaviy hisobotlar;
Oxirgi chorak sanasidagi debitorlik va kreditorlik qarzdorligining tafsilotlari (kontragent, summa, yuzaga kelish sababi, yuzaga kelgan sana va qarzdorlikni undirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘rsatilgan holda);
Kreditlar/qarzlar/lizing operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa, tegishli shartnomalar va to‘lov jadvallari ilova qilingan holda ushbu majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlardagi oxirgi 12 oydagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kredit qarzdorligi (kreditlar, kafolatlar, akkreditivlar, lizing va boshqa moliyaviy majburiyatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, №2 Kartotekadagi qarzdorlikning mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (boshqa banklarda depozit hisobvaraqlari mavjud bo‘lsa; №2 Kartoteka bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan taqdim etiladi). Bunda kafilga masofaviy bank xizmatlari kanallari (bank-mijoz) orqali hisobvaraqlar harakati bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni (pul mablag‘lari qoldig‘i, hisobvaraqning debet va kredit bo‘yicha harakati, kontragent nomi, to‘lov maqsadi) mustaqil ravishda shakllantirib taqdim etishga ruxsat etiladi.
Kreditni ko‘rib chiqish jarayonida Bank tomonidan so‘ralishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar.

Milliy valyutada

Milliy va xorijiy valyutadagi aylanma kapitalga
Milliy va xorijiy valyutadagi aylanma kapitalga
Kichik
o‘rta va yirik biznes
Kichik
o‘rta va yirik biznes
Stavka
25% dan
Muddati
36 oygacha
MMTni Qo’llab-quvvatlash
MMTni Qo’llab-quvvatlash
yillik 28% dan
mikromoliya tashkilotlari uchun
yillik 28% dan
mikromoliya tashkilotlari uchun
Stavka
28% dan
Muddati
36 oygacha
KREDITNI QO'LLAB-QUVVATLASH
KREDITNI QO'LLAB-QUVVATLASH
yillik 27% dan
Lizing kompaniyalar
yillik 27% dan
Lizing kompaniyalar
Stavka
27% dan
Muddati
60 oygacha
SIMPLE
SIMPLE
yiliga 28% dan
yakka tartibdagi tadbirkorlar
va MCHJlar uchun
yiliga 28% dan
yakka tartibdagi tadbirkorlar
va MCHJlar uchun
Stavka
28% dan
Muddati
36 oygacha
Biznes-progress plus
Biznes-progress plus
Har qanday maqsadlar uchun
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun
Har qanday maqsadlar uchun
faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun
Stavka
23% dan
Muddati
120 oygacha
Biznes-progress start
Biznes-progress start
Har qanday maqsadlar uchun
Biznes uchun soddalashtirilgan jarayon
Shu jumladan yangi tashkil etilgan bizneslar uchun
Har qanday maqsadlar uchun
Biznes uchun soddalashtirilgan jarayon
Shu jumladan yangi tashkil etilgan bizneslar uchun
Stavka
25% dan
Muddati
120 oygacha
Biznes-ipoteka plus
Biznes-ipoteka plus
Ko‘chmas mulk sotib olish uchun
Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun
Ko‘chmas mulk sotib olish uchun
Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun
Stavka
23% dan
Muddati
84 oygacha
Biznes-ipoteka start
Biznes-ipoteka start
Ko‘chmas mulkni sotib olish uchun biznes uchun soddalashtirilgan jarayon
shu jumladan yangi tashkil etilganlar uchun ham
Ko‘chmas mulkni sotib olish uchun biznes uchun soddalashtirilgan jarayon
shu jumladan yangi tashkil etilganlar uchun ham
Stavka
25% dan
Muddati
84 oygacha
Apex Auto
Apex Auto
Tadbirkorlik faoliyati uchun
Avtomashinalarni sotib olish
Tadbirkorlik faoliyati uchun
Avtomashinalarni sotib olish
Stavka
26% dan
Muddati
36 oygacha

Kontaktlar

Biz doim yoningizda, o‘zingizga qulay bo‘lgan tarzda biz bilan bog‘laning

Telefon orqali doim aloqadamiz

Aloqa markazi
1881

Xatlar uchun

info@apexbank.uz

Moliyaviy institutlar uchun

FI@apexbank.uz

Manzil

100060, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko'chasi, 77

Obuna uchun rahmat!

Siz APEXBANK yangiliklariga muvaffaqiyatli obuna bo'ldingiz