APEX BANK o‘zining ilk korporativ obligatsiyalarini sotib olish bo‘yicha arizalarni qabul qilishni boshladi. Arizada investor obligatsiyalarning qaysi hajmini yillik 16 foizdan 19 foizgacha bo‘lgan oraliqda o‘zi uchun maqbul bo‘lgan har bir samarali so‘ndirish daromadliligi darajasida sotib olishga tayyorligini ko‘rsatadi.Chiqarilish hajmi 100 mlrd so‘mni, bitta obligatsiyaning nominal qiymati esa 10 mln so‘mni tashkil etadi. Obligatsiyalar «Toshkent» Respublika fond birjasida ochiq obuna orqali joylashtiriladi. Obligatsiyalarning muomalada bo‘lish muddati joylashtirish boshlangan sanadan e’tiboran 24 oyni tashkil etadi. Kupon stavkasi qat’iy belgilangan bo‘lib, obligatsiyaning nominal qiymatidan yillik 19 foizni tashkil qiladi. Bank kupon daromadini har chorakda to‘lab boradi. Investorning obligatsiyalarni so‘ndirish muddatigacha bo‘lgan daromadliligi ularni sotib olish narxiga bog‘liq. Arizaning minimal hajmi nominal qiymat bo‘yicha 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Emissiya prospekti va ariza shaklini olish, shuningdek, to‘ldirilgan va imzolangan arizani yuborish uchun quyidagi joylashtirish tashkilotchilaridan biriga murojaat qilish mumkin:
Portfolio Investments: info@piamg.uz; Telegram: @piamg_support
Bluestone: info@bluestoneib.com; Telegram: @Bluestone_invest
APEX BANK 2023-yilda Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jismoniy va korporativ mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Obligatsiyalar chiqarilishi bo‘yicha savollar yuzasidan FI@apexbank.uz elektron pochta manzili orqali Bank bilan bog‘lanish mumkin.
Obligatsiyalar bank omonati hisoblanmaydi va ularga bank omonatlarini kafolatlash tizimi tatbiq etilmaydi. Investor kiritgan mablag‘ining bir qismini yoki barchasini yo‘qotishi mumkin. Investitsiya qarorini qabul qilishdan oldin emissiya prospekti bilan tanishib chiqing.