Ushbu standart korrupsiyaning oldini olish, uni aniqlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boshqarish tizimlariga nisbatan xalqaro talablarni belgilaydi. Sertifikatlash APEX BANKda korrupsiyaga qarshi nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilgani, tegishli tartib-taomillar va xavf-xatarlarni boshqarish mexanizmlari joriy etilganini tasdiqlaydi.Biz uchun bu xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritish shunchaki natija emas, balki Bank o‘z faoliyatida amal qiladigan tamoyillar — shaffoflik, halollik, mas’uliyat va yuqori biznes etikasi standartlariga rioya etilishining tasdig‘idir. Biz ichki nazorat tizimini izchil rivojlantirib, korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni takomillashtirib va tashkilotning barcha darajalarida halol biznes yuritish madaniyatini shakllantirib bormoqdamiz.