«PRIME (UZS)» omonatini rasmiylashtirishni to‘xtatish va yangi «PRIME + (UZS)» omonatini ishga tushirish to‘g‘risida Hurmatli mijozlar!

APEX BANK omonatlari mahsulotlari qatoridagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qilamiz.

2026-yil 18-oktabr soat 17:00 dan boshlab «PRIME (UZS)» omonatini yangi rasmiylashtirish to‘xtatiladi.

Bunda «PRIME (UZS)» omonati bo‘yicha avval tuzilgan barcha shartnomalar o‘zining amaldagi shartlari asosida amal qilishda davom etadi. Bank o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi.

Amaldagi omonatlar bo‘yicha foizlar tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi. Pul mablag‘larini qaytarish shartnomada nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.

2026-yil 19-oktabrdan boshlab APEX BANK yangi «PRIME + (UZS)» omonatini taklif etadi. Yangi omonat shartlari bilan Bankning rasmiy veb-saytida, shuningdek, APEX mobil ilovasida tanishishingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, Bankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz yoki 1881 raqami orqali Kontakt-markaz bilan bog‘lanishingiz mumkin.

APEX BANKga bildirayotgan ishonchingiz va bizni tanlaganingiz uchun rahmat!