APEX BANKda yuqori rahbariyat tarkibida o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bankning yangi rahbari etib boshqaruv raisining amaldagi o‘rinbosari Sergey Gimadiyev tayinlanishi belgilandi. Qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgandan so‘ng kuchga kiradi.

Sergey Abdulxayevich Gimadiyev APEX BANK jamoasiga 2024-yilda kelib qo‘shildi va dastlabki oylardanoq o‘zini keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir tizimli boshqaruvchi sifatida namoyon etdi. Uning tajribasi bank sohasida 15 yildan ortiq bo‘lib, jumladan biznesni rivojlantirish, raqamli mahsulotlar yaratish va operatsion faoliyatni boshqarish bo‘yicha lavozimlarni o‘z ichiga oladi.


"Men uchun bu mas’uliyat va ishonch qadami. Biz bankning mijozlarimiz uchun o‘sish, texnologiklik va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga qaratilgan strategik yo‘nalishini davom ettiramiz" izoh berdi Sergey Gimadiyev.


Baxrom Hamidullayevich Nu’monov, avvalgi boshqaruv raisi, APEX BANK Kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyatini davom ettiradi va bankning strategik rivojlanish masalalarida ko'maklashadi

"APEX BANK bugun barqarorlik va ishonchli o‘sish yo‘nalishini ko‘rsatmoqda. Operatsion boshqaruvni kuchli rahbarga topshirganimdan mamnunman va shu bilan birga bankning strategik rivojlanishidagi faol ishtirokimni davom ettiraman”dedi Baxrom Hamidullayevich Nu’monov.


Ushbu tayinlov boshqaruv tizimidagi rejalashtirilgan o‘zgarishlar doirasida amalga oshirilmoqda va bankning bozor ulushini oshirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish hamda mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.