APEX BANK Boshqaruvi tarkibi kengaytirilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki APEX BANK Boshqaruvi tarkibiga Boshqaruv raisining amaldagi o‘rinbosarlari — Timur Shevketovich Emirsaliyev va Sharof Renatovich Ikramovni kiritishni rasman tasdiqladi.

Ularning yuksak kasbiy mahorati, chuqur bilimi va strategik tafakkuri amalga oshirilayotgan har bir loyihada o‘z aksini topmoqda. Aynan ularning rahbarligi ostida Bank asosiy biznes maqsadlariga ishonch bilan erishib bormoqda.

Timur Shevketovich va Sharof Renatovichni ushbu munosib e’tirof — Boshqaruv tarkibiga rasman kiritilganlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi va ulkan marralar sari taraqqiyot yo‘lini birgalikda davom ettirishdan mamnunmiz.