
2025-yil 5-iyul kuni soat 06:00 dan 15:00 gacha APEX BANK mobil ilovasi, shuningdek, yuridik shaxslarga masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish tizimi vaqtinchalik cheklovlar bilan ishlashi mumkin.
Bu bank xizmatlariga tarmoq ulanishini ta’minlovchi "O‘zbektelekom" telekommunikatsiya provayderi tomonidan rejalashtirilgan texnik ishlar bilan bog‘liq.
Texnik ishlar yakunlangach, barcha xizmatlar odatdagidek ishlashda davom etadi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va ishonchingiz uchun minnatdormiz.